Turkiya hukumati oila ishlari va ijtimoiy siyosat bo‘yicha vazirlikning 393 xodimini o‘z lavozimidan chetlatdi. Bu haqda Sabah gazetasi ma'lum qildi.
Turkiyada 16 iyulga o‘tar kechasi isyonchilar guruhi tomonidan davlat to‘ntaruviga urinish amalga oshirilgan. Asosiy qarama-qarshilik Anqara va Istanbulda yuz bergan. Mamlakat rahbariyati fitna bostirilganini ma'lum qilgan. Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, to‘ntaruvga urinish oqibatida 190 fuqaro halok bo‘lgan, 100 ko‘proq isyonchi o‘ldirilgan, 1,5 ming kishi jarohat olgan.