Turkiyada bosh vazir kantselyariyasida 250 nafar xodim ishdan bo‘shatildi

Jahon 16:04 / 19.07.2016 4408

Turkiyada harbiy to‘ntarishga urinishga bo‘lgan harakatdan keyingi tozalash ishlari doirasida mamlakat bosh vaziri Binoli Yildirimning kantselyariyasida 257 nafar xodim ishdan bo‘shatildi. Bu haqda Reuters agentligi kantselyariyadagi manbasiga asoslanib xabar tarqatgan.

Anadolu agentligi xabariga ko‘ra, din ishlari bo‘yicha prezidiumda yana 492 kishi lavozimidan chetlatilgan.

Bundan oldinroq Turkiya sudi 85 nafar general va admiralni harbiy to‘ntaruv harakatida ayblab hibsga olgani haqida xabar berilgandi.

Ko‘proq yangiliklar: