Tashqi savdo, turizm va xorijdagi fransuzlar ishi bo‘yicha davlat kotibi Mattias Fekl 2016 yilning 20-21 iyul kunlari O‘zbekistonda bo‘ladi. Bu haqda Fransiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Mattias Fekl Toshkentda o‘tadigan savdo va iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiya yig‘ilishida qatnashish uchun tashrif buyuradi.
U 20 iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiya va savdo vaziri Elyor G‘aniyev bilan uchrashadi.
Tomonlar ikki tomonlama savdo-iqtisodiy munosabatlar, shuningdek, O‘zbekiston va Fransiya o‘rtasidagi moliyaviy hamkorlik borasida muzokaralar o‘tkazadi. Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sanoati, transport, energetika, sanoat va turizm sohalarini yanada rivojlantirish masalalari ham muhokama etiladi.