Shveytsariyada xatolik tufayli boshqa odamning qabriga o‘zga odamni dafn qilib yuborishdi

Jamiyat 19:37 / 19.07.2016 3328

Shveytsariyaning Vale kantonidagi oila diniy marosimlar o‘tkazish byurosi yo‘l qo‘ygan xato sabab boshqa odamni qabrga qo‘ydi. Bu haqda The Local xabar bermoqda.

Ma'lum bo‘lishicha, byuro xodimi Vale klinikasining markaziy institutidan boshqa odamning jasadini olib chiqqan. Xato boshqa byurodan o‘sha jasadni izlab kelishgandagina ma'lum bo‘ldi. 

Ammo birinchi jasad dafn qilib bo‘lingan, ammo to‘la ko‘milmagan edi. Shu bois uni ko‘chirishgan va dafn marosimi qaytadan o‘tkazilgan.

Ko‘proq yangiliklar: