Gollivud aktyori Arnold Shvartsenegger ukrainalik bokschi Vladimir Klichkoning ikki yashar qiziga hazillashib sigara taklif qildi. Klichko bu haqda tvitterida ma'lum qildi.
"Bu gal qizaloq kuba sigaralariga Hasta la vista dedi", deb aytdi Klichko "Terminator 2" filmida aytgan mashhur so‘zlariga iqtibos keltirib.
Eslatib o‘tamiz, aktyor filmda "Hasta la vista, baby" degan iborani ishlatadi. Bu tarjima qilinganda "Ko‘rishguncha, qizaloq" degan ma'noni beradi, ya'ni "Hasta la vista" ispanchadan " Ko‘rishguncha" deganini anglatadi. Aktyorning bu iborasi ommalashib ketgandi.
Klichkoning qizi 2014 yilda to‘g‘ilgan bo‘lib, uning ismi Kayya-Yevdokiya. Qizning onasi aktrisa va qo‘shiqchi Xeyden Panetter hisoblanadi.
Avvalroq Panetter Klichko bilan munosabatlariga barham berayotgani haqidagi gaplarni inkor qilgandi. "Qo‘lda uzuklarning yo‘qligi munosabatlar yakunlanganini bildirmaydi", deb aytgandi aktrisa hamda Klichko va qizi bilan tushgan suratini chop etgandi. Panetter ajoyib oilasi bilan bo‘lish u uchun baxt ekanini aytgan.