Singapur va Malayziya hukumatlari ikki mamlakat o‘rtasida temiryo‘l qurilishini tasdiqlashdi. Loyiha 2026 yilgacha yakunlanishi reja qilingan.
Ikki mamlakat o‘rtasidagi masofa 300 kilometr va avtomobilda 4 soatlik yo‘l. Temiryo‘l qurilsa, Singapurdan Malayziyaga 150 daqiqada yetib borish mumkin bo‘ladi. Qurilish haqida 2013 yilda xabar qilingan va uning 2020 yilgacha bitishi aytilgandi, lekin yuzaga kelgan muammolar sabab uning qurilishi olti yilga cho‘ziladigan bo‘ldi.
«Kuala-Lumpurda nonushta qilishingiz, tushlikni Singapurda qilib, kechki ovqat vaqti yana Malayziga qaytishingiz mumkiin bo‘ladi»,- deydi Malayziya bosh vaziri.
Loyihaning aniq narxi ma'lum qilinmagan, lekin u 10 milliard dollarga baholanmoqda. Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Yevropa Ittifoqining qator qurilish korxonalari bu qurilishning tenderida qatnashmoqchi ekanliklarini ma'lum qilishgan.