Putin o‘z qo‘riqchilariga "bekamu-ko‘st xizmat" uchun minnatdorchilik bildirdi

Jahon 21:05 / 19.07.2016 19432

Rossiya prezidenti Vladimir Putin o‘z qo‘riqlash xizmati xodimlarini Federal qo‘riqlash xizmatining 25 yilligi bilan tabrikladi va ularga "bekamu-ko‘st xizmat" uchun minnatdorchilik bildirdi. Bu haqda Kreml saytida ma'lum qilindi, deb xabar bermoqda RIA “Novosti” axborot agentligi. 

Putinning aytishicha, prezident xavfsizlik xizmati ayni vaqtda "munosib ravishda davlat qo‘riqlash organlari tizimiga kiruvchi eng muhim tuzilmalardan biriga aylandi".   

"Biz tom ma'noda "yelkama-yelka" ishlaymiz va Prezidentni qo‘riqlash xizmati bu haqiqiy professionallar va vatanparvarlarning jips jamoasi ekanligini bilaman. Sizga rostgo‘y va bekamu-ko‘st xizmat uchun minnatdorchilik bildirmoqchiman. Sizlarga doimo ishonishim mumkinligiga aminman", deb aytilmoqda bayram telegrammasida.   

Putin xizmat xodimlari birinchi navbatda davlat rahbarlari va boshqa qo‘riqlanuvchi shaxslarning xavfsizligini ta'minlashda "o‘z samaradorligi, benuqson tayyorgarligini" amalda namoyish qilayotganlarini ta'kidlab o‘tdi.

Ko‘proq yangiliklar: