OAV: Turkiya flotining 14 ta kemasi g‘oyib bo‘ldi

Jahon 16:16 / 19.07.2016 9025

Turkiya harbiy dengiz flotining 14 ta harbiy kemasi, davlat to‘ntarishiga muvaffaqiyatsiz urinishdan so‘ng, bedarak g‘oyib bo‘ldi, deb yozmoqda The Times gazetasi o‘z manbalariga tayangan holda. 

Xabar qilinishicha, o‘tgan hafta dam olish kunlari yuz bergan voqealardan avval, kemalar Egey va Qora dengizda harbiy navbatda turgan. Ularning g‘oyib bo‘lishi, kemalar grek portlariga ketishi mumkin, degan fikrni paydo qilmoqda. Chunki, 16-iyul kungi davlat to‘ntarishining barbod bo‘lishidan so‘ng, 8 nafar turk harbiysi vertolyotda Gretsiyaga uchib kelib, siyosiy boshpana so‘ragan edi. 

Bundan tashqari, flot qo‘mondoni Veysel Kezele ham 16-iyul kunidan beri aloqaga chiqmagan. Biroq, hozircha uning isyondagi o‘rni noma'lumligicha qolmoqda. U garovga olingan yoki harbiy davlat to‘ntarishi tashkilotchilaridan biri bo‘lgani ehtimol. Turkiya OAVlari ta'kidlashicha, Kezeleni to‘ntarish tarafdorlari aldov bilan kemaga olib o‘tishgan. 

Ko‘proq yangiliklar: