Qozog‘iston terrorizm va ekstremizm uchun javobgarlikni kuchaytiradi

Jahon 17:28 / 19.07.2016 5509

Terrorizm va ekstremizm uchun javobgarlikni kuchaytirishni ko‘zda tutuvchi qonun loyihasi Qozog‘iston hukumati muhokamasiga kiritilgan. Bu haqda, Respublika milliy xavfsizlik qo‘mitasi rahbari Vladimir Jumakanov ma'lum qilgan.

MXQ rahbarining qayd etishicha, qonun loyihasida "ekstremizm va terrorizm jinoyatlari uchun qamoq jazosi muddatini uzaytirish", hamda "ayni jinoyatlarni sodir etganlarning mol-mulkini musodara qilish" chorasi shart qilib belgilangan. 

Shu bilan birga, mamlakatdagi qurol-yarog‘lar aylanmasi ustidan nazorat kuchaytiriladi. 

Xususan, "ichki ishlar organlari bo‘limlariga, qurol-yarog‘lar, o‘q-dori va portlovchi moddalar saqlanadigan inshootlarni nazorat va tekshirishlariga oid majburiyat yuklanadi. Shu kabi bino va inshootlarni qo‘riqlash bilan shug‘ullanadigan tashkilotlarga qo‘yiladigan talablar kuchaytiriladi". 

Ko‘proq yangiliklar: