Joriy yilning 19 iyul kuni Nukus shahridagi “Yoshlar markazi”da “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashining VII hisobot-saylov Konferentsiyasi bo‘lib o‘tdi. Ushbu konferensiyada iqtidorli yoshlardan tashkil topgan 177 ta delegat ishtirok etdi. Konferentsiya ishtirokchilari va mehmonlarni iqtidorli yoshlar tomonidan takshil qilingan ko‘rgazma bilan kutib olishdi.
Unda Harakatning Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi a'zolari, mahalliy Kengashlar Konferentsiyalarida saylangan delegatlar, faol yoshlar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.
Hozirgi kunda “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi o‘z atrofida 14 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan 276642 dan ortiq yoshlarni birlashtirgan. Tashkilot tizimida “Kamalak” bolalar tashkiloti (10 yoshdan 14 yoshgacha bo‘lgan 134 ming 899 nafar a'zosi bor), shuningdek, ta'lim muassasalari va mehnat jamoalarida tashkil etilgan 1162 boshlang‘ich tashkiloti mavjud.
Konferentsiya kun tartibidagi birinchi masala “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashining va nazorat-taftish komissiyasining o‘tgan davrdagi olib borgan ishlar haqidagi hisoboti hamda endilikda amalga oshirilishi zarur bo‘lgan asosiy vazifalar haqida so‘z bordi. Harakatning Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashining amaldagi raisi Abatbay Daniyarov Harakatning o‘tgan davrda olib borgan ishlari bo‘yicha hisobot berib o‘tdi.
Konferentsiya so‘ngida Harakatning Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi a'zolari, mahalliy Kengashlar konferensiyalarida saylangan delegatlar, faol yoshlar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirokida bir ovozdan Harakatning Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi raisi lavozimiga Abatbay Daniyarov saylandi.