Qashqadaryoda mini-futbol bo‘yicha “Kamolot kubogi” musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
Musobaqada Toshkent viloyatining “Ohangaronsement” aksiyadorlik jamiyati jamoasi birinchi o‘rinni egallab, “Kamolot kubogi”ni qo‘lga kiritdi. Surxondaryo viloyatining “Jarqo‘rg‘onneft” aksiyadorlik jamiyati jamoasi ikkinchi, Xorazm viloyatining “Jahon yuksak” mas'uliyati cheklangan jamiyati jamoasi uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.
G‘oliblar esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.