Infiniti muhandislari ichki yonuv dvigateli borasida inqilob yasashdi

Fan-texnika 22:38 / 19.07.2016 18854

Yaponiyaning Infiniti avtomobilsozlik kompaniyasi QX50 krossoverining yangi avlodini yonilg‘i aralashmasini siqishning o‘zgaruvchan darajasiga ega yangi dvigatel bilan ishlab chiqaradi. Gap bu yerda, o‘zgartirilgan elektronika va yoki yonilg‘ini taqsimlash mexanizmi haqida ketayotgani yo‘q. Balki, ichki yonuv dvigatellari yuqori klapanli motorlarga aylanganidan beri ro‘y bermagan o‘zgarish haqida bormoqda. 

Nissanning yangi dvigateli egri valiga o‘ziga xos mezon kiydirilgan. Uning chap tomoniga elektromotor yordamida boshqariladigan shatun biriktirilsa, o‘ng tomoniga elektromotor bilan boshqariluvchi mezon dastagi (richag) o‘rnatiladi. Dastakning harakati shatunning egri valga nisbatan holatini o‘zgartiradi va amalda yonilg‘i aralashmaning siqilish darajasining o‘zgarishiga olib keladi. 

Bunday motorning foydali ish koeffitsiyenti juda yuqori bo‘lib, har qanday yuklama va aylanishlarda birdek samaralidir. Nissan/Infiniti muhandislarining fikricha, buni oddiy tilda, 4 silindrli motordan hozirgi kundagi zamonaviy V6 dvigatelining quvvatini olish mumkin, deya tushintirsa bo‘ladi. Yangi motor tejamkorligi jihatidan dizelli motorlar bilan raqobatlasha oladi. 

Saab SVC motori silindrining yuqori qismi siqilish darajasini kamaytirish uchun tepaga ko‘tarilishi mumkin edi. Buriluvchi sharnir (sariq tusda) silindrdan chapda.

Albatta, yaponlardan avval, bir paytlar shu kabi dvigatelni seriyali ishlab chiqishga Shvetsiyaning Saab firmasi biroz yaqinlashgan. Biroq, shvedlarning namunasida, silindrlar blokining ustki va quyi qismlari bir-biriga nisbatan harakatlanar edi. Bu yerda krivoship-shatun mexanizmining tuzilishi o‘zgarishga uchragan.

Saab SVC motori silindrining yuqori qismi siqilish darajasini kamaytirish uchun tepaga ko‘tarilishi mumkin edi. Buriluvchi sharnir (sariq tusda) silindrdan chapda.

Aytish joizki, bevosita mexanik aloqaga ega bo‘lmagan rul boshqaruvi tizimi namunasidan so‘ng, motorlarning yangi liniyasi Infiniti kompaniyasining asosiy innovatsiyalaridan biri bo‘lishi kutilmoqda.

Bunga boshqaruvda yordam berish texnologiyalari ham qo‘shiladi. Bu texnologiyalar, Infiniti modellarida Nissan mashinalariga qaraganda avvalroq o‘rnatiladi. Shu bilan birga, o‘n yillik oxirigacha, yapon «avtopilot»i svetofor ishoralarini tushinib, chorrahalarda harakatlanishni o‘rganib oladi. 

Infiniti QX50 krossoverining o‘ziga hozircha so‘nggi mexanik ishlov berilmoqda. U bir qarashda QX Sport Inspiration kontseptining soddalashtirilgan namunasiga o‘xshab ketsa, QX50ning ichki ko‘rinishi Infiniti Q60ni yodga soladi.


 

Ko‘proq yangiliklar: