Fransiya harbiy havo kuchlari, xalqaro aksilterror koalitsiyasi tarkibiga kirgan vaqtidan beri Iroq va Suriyadagi terrorchilar manzillariga 770 marta havo zarbasi bergan. Bu haqda, mamlakat mudofaa vaziri Jan-Iv Le Drian ma'lum qilgan.
Le Drianning France Info radiosida qilgan chiqishida aytishicha, "Fransiya, garchi har doim ham e'lon qilmasa-da, IShIDning Iroq va Suriyadagi terrorchilariga kuniga zarba beradi".
Le Drianning qayd etishicha, shu kunlarda "harbiy amaliyotlarning hal qiluvchi bosqichi boshlanmoqda, 20-iyul kuni Vashingtonda bo‘lajak yig‘ilish ham shu masalaga bag‘ishlanadi".