Janubiy Amerika diniy ekstrimistik guruhi to‘daboshisi Ansor al-Xilofah Rio Olimpiadasi boshlanishi oldidan IShID terrorchilar guruhiga sodiq ekanini e'lon qildi. Bu haqda The Washington Post xabar bermoqda.
Manbada aytilishicha, terrorchi «iqror»ini Telegram, Whatsapp va Viber tarmoqlarida e'lon qilgan. O‘sha vaqtdan boshlab terrorchi to‘daning telegram kanallari e'lonlarini ispan va portugal tillarida ham berishni boshlagan.
Fransiyadagi terraktlardan keyin IShID navbatdagi nishon Braziliya bo‘lishini aytgan, lekin Braziliya AQSh va Fransiyaning ko‘magi bilan xavfsizlik choralarini kuchaytirgan edi.
Braziliyada avgust oyi boshida yozgi Olimpiada o‘yinlari boshlanadi.