Boris Jonson: Buyuk Britaniya Yevropa Ittifoqidan chiqqandan keyin immigratsiya ustidan nazorat o‘rnatadi

Jahon 23:05 / 19.07.2016 4941

Buyuk Britaniya Yevropa Ittifoqidan chiqqandan keyin immigratsiya ustidan nazorat o‘rnatadi. Bu haqda 19 iyulda AQSh Davlat kotibi Jon Kerri bilan muzokaralardan keyin Londondagi matbuot-anjumanida Birlashgan qirollikning yangi tashqi ishlar vaziri  Boris Jonson  ma'lum qildi. 

"Biz nazoratsiz erkin harakatlanish bo‘yicha majburiyatlarimizni tugatishimiz bilan, immigratsiya ustidan nazoratni o‘rnatish mumkin bo‘ladi. Siz buni darhol qila olmaysiz, chunki biz hali ham Yevropa Ittifoqidamiz", deb aytdi Jonson.

Jonson yangi lavozimga 13 iyulda tayinlangan. Buyuk Britaniyaning Yevropa Ittifoqida a'zoligi bo‘yicha o‘tkazilgan referendumda Jonson Yevropa Ittifoqiga shubha bildirganlar orasida muhim shaxs va bosh vazir lavozimiga asosiy nomzod bo‘lgan. U London va Bryussel o‘rtasidagi mavjud munosabatlarni uzishga hamda Sharqiy Yevropadan Buyuk Britaniyaga kelayotgan mehnat muhojirlari oqimi ustidan nazoratni o‘rnatishga chaqirgan. Yevropa Ittifoqidan chiqish tarafdorlari referendumda g‘alaba qozonganlaridan keyin, Jonson bosh vazir lavozimiga kurashdan o‘z nomzodini olib tashlagan.

Ko‘proq yangiliklar: