Belgiya Qirolligi futbol ittifoqi terma jamoa bosh murabbiyi lavozimi uchun tanlov e'lon qildi va unga qo‘yiladigan talablarni sanab o‘tdi.
Ro‘yxatda - «turli avlod vakillari bilan muvaffaqiyatli ishlash», «muloqotda ochiq va kuchli bo‘lish», «yuqori samaradorlik rejimida ishlay olish» kabi talablar bor.
Nomzodlardan arizalar 31 iyul kuniga qadar qabul qilinadi.
Terma jamoaning avvalgi bosh murabbiyi Mark Vilmots Yevro-2016 turniridagi muvaffaqiyatsizlikdan keyin iste'foga chiqarilgandi.
Bundan oldinroq, niderlandiyalik mutaxassis Lui van Gaal belgiyaliklar terma jamoasini boshqarishi haqida xabar tarqatilgandi.
Manba: Tribuna.uz