BAA hukumati oylik maoshi 540 dollardan kam bo‘lgan xodimlarni turar joy bilan ta'minlash to‘g‘risida qaror qabul qildi. Bu haqida France press ma'lum qildi.
Unga ko‘ra, yangi qoidalar asosan BAAdagi asosiy ishchi kuchi hisoblangan Janubiy Osiyo mamlakatlari vakillariga tegishli.
Joriy yilning dekabr oyidan kuchga kiradigan yangi qoidalar faqatgina tarkibida 50 nafardan ortiq xodimi bo‘lgan kompaniyalarga taalluqli.
Agentlikning ma'lum qilishicha, BAA huquqni muhofaza qilish organlar tomonidan xorijiy ishchilarga yomon munosabatda bo‘lishda ayblanadi. Shu bois hukumat xodimlar xavfsizligi va sog‘lig‘i haqida qayg‘urib, ularning tasarrufiga taqdim etiladigan turar joylarni muntazam nazorat qilishni hamda qarorni ijro qilmagan kompaniyalarga nisbatan huquqiy choralar ko‘rishni rejalashtirmoqda.