Londonlik talaba Lyusi Devis jamoat transportlarida yo‘l haqini to‘lashga imkon beruvchi yasama tirnoq to‘plamini yaratdi. Lyusi tirnog‘idan biriga turniketdan o‘ta olishga mo‘ljallangan chipni joylashtirdi.
Devis Avliyo Martin nomidagi markaziy san'at va dizayn kollejining zargarlik sohasida bakalavr bosqichida tahsil olmoqda.
Tirnoqlar huddi oddiy elektron yo‘l chiptasi yoki tangasi kabi ishlaydi — barmoqlar turniketdagi validatorga qo‘yilsa, o‘tib ketish mumkin.
"Men Oyster Card (Londonda jamoatchilik transportida yurish uchun qo‘llaniladigan elektron yo‘l kartasi)dan RFID-chipni oldim va uni yasama tirnoqlarimdan biriga yopishtirdim. Mazkur yo‘l chiptaning hisobini to‘ldirib borish ham mumkin. Men buni butun dunyo bo‘ylab ommalashuvchi ixtiro bo‘lishini istayman», — deydi Devis.
Evening Standard xabar berishicha, Devis London jamoat transportini boshqaruvchi korporatsiya vakillari bilan ham bog‘landi. Tez orada, Britaniya ayollari nafaqat metroda, balki barcha transport vositalarida tirnoqlari bilan yo‘l haqini to‘lashsa, ajabmas.