Anqaradagi yong‘in nashrlar tomonidan portlash sifatida qabul qilingani ma'lum bo‘ldi

Jahon 20:46 / 19.07.2016 7008

Turkiya hukumati Anqara shahrida portlash yuz bergani haqidagi ma'lumotni rad etdi. Bu haqda Reyter agentligi xabar tarqatdi.

Ma'lum qilinishicha, shahardagi kvartallardan birida ro‘y bergan yong‘inni nashrlar navbatdagi portlash sifatida qabul qilishgan.

Bundan oldinroq ko‘pgina nashrlarda Anqarada kuchli portlash bo‘lgani haqida xabarlar tarqatilgandi.

Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari hududda osmonga quyuq qora tutun o‘rlayotgani ko‘rsatilgan suratlarni tarqatishdi.

Ayni vaqtga kelib yong‘in o‘chirilgan.

Ko‘proq yangiliklar: