Maykl Jyekson shifokori: Maykl 11 yoshli Emma Uotsonga uylanmoqchi bo‘lgan

Jamiyat 10:16 / 17.07.2016 46197

AQShlik marhum qo‘shiqchi Maykl Jyekson sehrgar Garri Potter haqidagi filmlarda Germiona rolini ijro etgan va o‘shanda 11 yoshda bo‘lgan aktrisa  Emma Uotsonga ishqi tushib qolib, agar do‘stining qizi bilan birga bo‘la olmasa, unga uylanmoqchi bo‘lgan. Bu haqda Jyeksonni davolagan shifokor Konrad Myurrey yulduzli mijozining hayoti haqida ochiq-oydin ma'lumotlar berilgan kitobida ma'lum qilgan. Bu haqda Mirror nashri xabar bermoqda. 

Myurreyning aytishicha, Jyekson o‘zining do‘sti Mark Lesterning 5 yoshli qizini sevgan. Qiz 12 yoshga to‘lganda Maykl unga turmushga chiqishni taklif qilgan, biroq qizning otasi bu Britaniya va AQSh qonunlariga zid kelishini aytib, bunga qarshi chiqqan.
 
O‘shanda Jyekson o‘ziga boshqa muhabbat obektini topib, aktrisa Emma Uotsonga e'tiborini qaratgan. O‘shanda Uotson 11 yoshda bo‘lgan, biroq qo‘shiqchi bunga qaramay unga uylanish niyati bo‘lgan. 

Ma'lumki, pop-musiqa qiroli bir necha marotaba yosh bolalar nomusiga tegishda ayblangan. 1993 yilda unga qarshi 13 yoshli bolaga tegajog‘lik qilish bo‘yicha ish qo‘zg‘atilgan. Biroq ish qo‘shiqchi va bolaning oilasi orasidagi kelishuv bilan yakunlangan. Bola oilasi 20 mln dollardan ko‘proq tovon puli olgan. 2004 yilda ham qo‘shiqchiga qarshi shunday ayblov qo‘yilgan, biroq bu safar u oqlangan.
 
Myurrey  qo‘shiqchining "Mana hammasi" deb nomlangan xayrlashuv turi sharafiga o‘z kitobini xuddi shunday nomladi. Bestseller bo‘lishi va'da qilinayotgan bu memuarlar 19 iyulda chop etiladi.

Ko‘proq yangiliklar: