AQSh Davlat kotibi Jon Kerri CNN telekanali efirida mamlakat hukumati Turkiyadan islom imomi Fathulla Gulenning ekstraditsiya qilinishi bo‘yicha hali rasmiy so‘rov olmagani ma'lum qildi.
"AQSh hech kimni yashirmayapti, biz hech qachon Gulenning berilishi haqida rasmiy so‘rov olmaganmiz, biz har doim: "Bizga isbotlar bering, bizga sud hakamlarimiz so‘rovni ma'qullashlari uchun ekstraditsiya standartlariga muvofiq keladigan puxta huquqiy asos kerak", deganmiz", deb aytdi Kerri.
Kerrining aytishicha, Turkiya ayni vaqtda Gulenning berilishi bo‘yicha so‘rov matnini tayyorlamoqda va uni AQShga yuboradi.
Kerri Turkiya tomonidan mamlakatda harbiy to‘ntaruvga urinishda "AQShning ishtirokini aytish mas'uliyatsizlik" bo‘lganini ta'kidlab o‘tdi.
Avvalroq Rajab Toyib Erdo‘g‘an AQShdan Gulenning berilishi so‘roviga munosabat bildirilishini kutayotganlarini aytgan. Erdo‘g‘an bu haqda to‘ntaruv vaqtida halok bo‘lganlar dafn marosimida aytib o‘tgan.
Anqara Gulenni harbiy to‘ntaruvga urinishda ayblamoqda.