O‘zbekiston 2020 yilning oxiriga qadar meva va sabzavot mahsulotlarini saqlash tizimi hajmini 1 million tonnaga yetkazishni rejalashtirmoqda. Bu haqida "O‘zbekoziqovqatxolding" XK boshqarmasi raisi Odilxon Rustamov ma'lum qildi.
Uning ta'kidlashicha, O‘zbekistonda umumiy saqlash quvvati 800 ming tonnadan yuqori bo‘lgan 1,3 ming omborxona xizmat ko‘rsatmoqda. Bu omborxonalarda meva va sabzavot mahsulotlarini saqlashning ilg‘or usullari qo‘llaniladi.
Meva va sabzavot mahsulotlarini saqlash bo‘yicha yangi imkoniyatlarning yaratilishi natijasida O‘zbekiston ularni yo‘qotishni 10 foizdan ko‘proqqa qisqartiradi.
Rustamovning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekistonda savdo-logistik markazlari tarkibida yangi omborxonalarni barpo etishni rejalashtirmoqda. Mamlakatimizda 115 million dollardan ortiq summaga 15 ta shunday markaz quriladi.