“Feysbuk” ijtimoiy tarmog‘ining “Voditeli Tashkenta” guruhida Toshkent avtomobil halqa yo‘lining Keles ko‘prigiga yuz bergan yirik YTH suratlari e'lon qilindi. Qoldirilgan izohlardan voqea 18:00 atrofida bo‘lganligining guvohi bo‘lish mumkin.
YTH guvohlarining yozishicha, «Moskvich» avtomobili yo‘l o‘rtasidagi beton ustunga borib urilgan. To‘qnashuv natijasida avtomobil juda katta zarar ko‘rgan.
Avariya natijasida tan jarohati olgan yoki qurbon bo‘lganlar haqida aniq ma'lumot yo‘q.