Rossiyaning Yoqutistonida iyul o‘rtasida qorbobolar yasalmoqda

Jamiyat 01:55 / 14.07.2016 10842

Rossiyaning Yoqutiston respublikasida 14 iyuldan 15 iyulga o‘tar kechasi anomal sovuq havo bo‘lishi kutilmoqda: havo harorati minus ikki gradusgacha tushib ketadi. Respublikaning ba'zi hududlarida qor yog‘di, deb xabar bermoqda Yoqutistonning gidrometeorologiya va atrof muhitni monitoring qilish boshqarmasiga iqtibos keltirgan holda TASS axborot agentligi.

"Yaqin sutkalar – 14 iyulda Yoqutistonning 15 ta tumanida Tselsiy bo‘yicha -2 gradus sovuq bo‘ladi. 13 iyulda sovuq havo 6 ta tumanda qayd qilindi, ba'zi tumanlarda qor yog‘di", deb aytildi xabarda.

Kobyay tumani boshlig‘i Ignat Spiridonovning aytishicha, qishloq xo‘jaligi ishlari boshlanguncha havo yaxshilanadi.

"Ba'zi aholi punktlarida qor yog‘di, odamlar iyul o‘rtasida qorbobolar yasamoqdalar", deb qo‘shimcha qildi Spiridonov.

Ko‘proq yangiliklar: