13 iyulda Bryusselda o‘tgan Rossiya-NATO Kengashi yig‘ilishida Rossiya NATOni Qora dengizdagi harbiy faollikning salbiy oqibatlaridan ogohlantirdi, deb ma'lum qildi Rossiyaning NATOdagi doimiy vakili Aleksandr Grushko.
"Biz bu masala, Qora dengizni muhokama qildik. Biz NATO davlatlarining Qora dengizda istalgan harbiy faolligi vaziyatni beqarorlashtirib, mintaqadagi xavfsizlikka yordam bermaydi, deb hisoblashimizni aytdik", deb aytdi Grushko jurnalistlarga.
Avvalroq NATO va Ukraina Varshavadagi NATO sammitida Rossiyaning Qora dengizdagi harbiy joylashuvining oshirilishi rejalaridan xavotir bildirgandi.
Moskvada, o‘z navbatida, Rossiya NATO dengiz guruhining Qora dengizda kuchaytirilishiga javoban mintaqada kuchlar muvozanati izdan chiqmasligi uchun barcha ishni qilishi ta'kidlab o‘tilgandi.
1936 yildagi Montryo konvensiyasiga muvofiq, Qora dengiz bilan chegaradosh bo‘lmagan davlatlar harbiy kemalarining Qora dengizda bo‘lishi 21 kun bilan cheklangan.
Shu tariqa, NATO davlatlaridan Qora dengizda doimiy ravishda Ruminiya, Turkiya va Bolgariya kemalari bo‘lishi mumkin. Rasmiy Sofiya "mintaqada urushni istamasligini" aytib, NATO kuchlarining joylashuvini kuchaytirish tashabbusida ishtirok etishdan bosh tortdi.