Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko 13 iyulda Ozarbayjonga rasmiy tashrif boshladi, deb xabar berdi Poroshenko matbuot xizmati.
"Bokuda Ukraina davlati rahbari o‘zining ozarbayjonlik hamkasbi Ilhom Aliyev bilan "yuzma-yuz" formatida uchrashuv o‘tkazadi", deyilmoqda xabarda.
Poroshenko va Aliyev raisligida Ukraina va Ozarbayjon prezidentlari kengashining 5-yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi va uning natijalariga ko‘ra ikki tomonlama hujjatlar imzolash rejalashtirilgan.
Safar dasturi Poroshenkoning Ozarbayjon bosh vaziri va Milliy Mejlis (parlament) spikeri bilan alohida uchrashuvlarini ko‘zda tutadi.
Shuningdek, Poroshenkoning Ozarbayjondagi ukrain obshinasi bilan uchrashuvi belgilangan.