Buyuk Britaniyaning yangi bosh vaziri Tereza Mey yangi lavozimida o‘zining birinchi ommaviy bayonotida mamlakat Yevropa Ittifoqidan chiqqandan keyin "dunyoda yangi pozitiv rol o‘ynashini" ma'lum qildi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.
"Referendum natijalariga ko‘ra, biz buyuk milliy o‘zgarishlar vaqtiga duch keldik", deb aytdi Mey Dauning-strit, 10 manzili bo‘yicha joylashgan yangi idorasiga kirishidan avval.
Mey, shuningdek, Buyuk Britaniya dunyoda yangi rol o‘ynashini aytdi.
"Men bilaman, chunki biz, Buyuk Britaniya, bu chaqiriqni qabul qilamiz. Biz Yevropa Ittifoqini tark etayotganimiz sababli, dunyoda biz uchun kuchli pozitiv rol yaratamiz va Buyuk Britaniyani nafaqat ba'zi tabaqalar uchun, balki har birimiz uchun ishlaydigan qilamiz", deb aytdi Mey.