Buyuk Britaniyaning yangi bosh vaziri Tereza Mey Buyuk Britaniyani Brexit bilan bog‘liq "ulkan milliy o‘zgarishlar" kutayotganidan ogohlantirdi.
"Biz hozir muhim bosqichda turibmiz, ulkan milliy o‘zgarishlar vaqti kelmoqda. Biroq biz Buyuk Britaniya bo‘lganimiz uchun bu chaqiriqni qabul qilamiz. Va biz hamma uchun yaxshi bo‘lgan davlatni yaratamiz. Bu men boshqaradigan hukumat missiyasi bo‘ladi. Biz yaxshiroq Britaniyani quramiz", deb aytdi Mey bosh vazir sifatidagi o‘zining birinchi nutqida.
Mey Bukingem saroyidan qaytgandan keyin, Dauning-strit ko‘chasidagi bosh vazir qarorgohi kiraverishida nutq so‘zladi.
Eslatib o‘tamiz, 13 iyulda qirolicha Yelizaveta II Buyuk Britaniya bosh vaziri Devid Kemeronning iste'fosini qabul qildi va Tereza Meyni yangi bosh vazir etib tayinladi.