London meri Sodiq Xon Buyuk Britaniya bosh vaziri Tereza Meyni yangi lavozim bilan tabriklayotib, Brexit sababli London rahbariyatiga qarorlarni qabul qilishda ko‘proq mustaqillik taqdim qilinishiga umid bildirdi.
"Men Tereza Meyni bizning buyuk davlatimiz bosh vaziri bo‘lgani bilan tabriklayman. Tereza bu rolni tariximizdagi mushkul lahzada o‘z zimmasiga olmoqda va men u bilan London va butun Buyuk Britaniya fvrovonligi uchun birgalikdagi sermazmun ishni sabrsizlik bilan kutmoqdaman", deb aytildi Xonning yozma bayonotida.