14 iyulga o‘tar kechasi Sankt-Peterburgdagi «Krestovskiy» stadioni yaqinida quruvchilar ish tashlash o‘tkazganidan keyin OMON bo‘limi va politsiya kuchlari voqea joyini o‘rab oldi.
Ish tashlash tadbirida jami 150 kishi ishtirok etgan. Ular maoshlarini talab qilishgan, quruvchilarning aytishicha, ularga 2 oydan buyon maosh to‘lanmayapti.
«Har kuni va'da qilishadi. Biz nima kutishni ham bilmayapmiz. Boshliq keyingi haftada maoshlar to‘lanishini va'da qildi. Mana biz yig‘ilib kutayapmiz.
Brigadir o‘z cho‘ntagidan to‘layapti. Tashkilot esa bizga to‘lashdan shunchaki bosh tortmoqda», – degan quruvchilardan biri.
Manba: Tribuna.uz