Italiyaliklar mahalliy shifokorlarning chaqirig‘iga javob berib, 12 iyulda Italiya janubida yuz bergan temir yo‘l falokatida jabrlanganlarga rekord miqdorda donorlik qoni topshirishdi. 13 iyulda shifokorlarning ma'lum qilishicha, ular 2724 ta qon solingan qopcha to‘plashga muvaffaq bo‘lishgan.
Shu bilan birga Italiya tibbiyot muassasalari xodimlari topshirilgan qonning aniq miqdorini keltirishmagan. Biroq taxminiy hisob-kitoblarga ko‘ra, topshirilgan qonning miqdori 6,8 mingdan 12,2 ming litrgachani tashkil qilishi mumkin.
Temir yo‘lning Korato va Andriya aholi punktlari orasidagi bir izli qismida ikki yo‘lovchi poyezdi to‘qnashishidan keyin birinchi soatlarda shifokorlar yaralanganlarga qon quyish uchun qon topshirish chaqirig‘i bilan aholiga murojaat qilishgan. Shundan keyin mahalliy qon topshirishi bo‘limlarida navbatlar yuza kela boshlagan. Tez orada kerakli qon to‘planganiga qaramasdan, odamlar qon topshirishga kelaverishgan.
Falokatda hammasi bo‘lib 23 kishi, jumladan ikki poyezdning mashinisti halok bo‘lgan, ularning barchasi italiyaliklar. 24 nafar jarohatlanganlar shifoxonalarda qolmoqda.
Fojia oqibatlarini bartaraf etish operatsiyasi yakunlandi, temir yo‘l tozalandi. Falokatga olib kelgan asosiy sabab odam omili deb aytilmoqda. Andriyadan kelayotgan poyezd hozir tergov olib brilayotgan stansiyadan jo‘natilmasligi kerak bo‘lgan.