IShID o‘z yetakchilaridan biri ash-Shishaniyning o‘lganini tasdiqladi

Jahon 09:46 / 14.07.2016 10132

IShID terrorchilik guruhi o‘z yetakchilaridan biri – gruzin Abu Umar ash-Shishaniyning o‘lganini tasdiqladi. Bu haqda Reuters axborot agentligi ma'lum qildi.  

Avvalroq ham ash-Shishaniy o‘lgani haqida xabarlar OAVda paydo bo‘lgandi, biroq bu xabarlarning tasdig‘i bo‘lmagan. Terrorchining o‘lgani haqidagi xabar Amaq axborot agentligi orqali tarqatilgan. Umar chechen laqabli jangari Iroqning Shirkat shahrida yarador bo‘lgan.

Jangari uzoq vaqtdan beri davolanishga urinayotgan mahalliy shifoxonada o‘lim topdi. Ma'lum qilinishicha, ash-Shishaniy davolanish uchun imkoniyatlar ko‘p bo‘lgan Turkiyaga yuborilmoqchi bo‘lingan, biroq u Rossiya maxsus xizmatlari uni qo‘lga olishidan qo‘rqib, u yerga borishdan bosh tortgan.    

Jangarining haqiqiy ismi Tarxan Temurovich Batirashvili bo‘lib, Gruziyada tug‘ilgan, onasi chechen. U 2012 yilda Turkiyaga borib, u yerdan Suriyaga o‘tib, IShID safiga qo‘shilgan.

Ta'kidlanishicha, jangarining o‘limi hozirda rasman tasdiqlanmadi.

Ko‘proq yangiliklar: