Fransiya IShIDga qarshi kurashga yana "Sharl de Goll" kemasini yuboradi

Jahon 01:07 / 14.07.2016 5149

Fransiya o‘zining "Sharl de Goll" aviatashuvchi kemasini IShID terrorchilik guruhiga qarshi kurash uchun Yaqin Sharqqa jo‘natadi, deb ma'lum qildi Fransiya prezidenti Fransua Ollandga iqtibos keltirgan holda Reuters axborot agentligi.

"O‘z ichiga "Sharl de Goll" kemasini oluvchi jangovor guruh yana IShIDga qarshi operatsiyaga jo‘natiladi, chunki biz 2015 yil yanvar va noyabrda bizga hujum qilganlarga javob zarbasi berishimiz kerak", deb ma'lum qildi Olland.

Avval kema IShIDning Suriya va Iroqdagi pozitsiyalariga zarba berishda qo‘llangandi.

Ko‘proq yangiliklar: