Buyuk Britaniyaning sobiq energetika vaziri Ember Radd mamlakat IIV boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.
Uni bu lavozimga Buyuk Britaniyaning yangi bosh vaziri Tereza Mey tayinlagan.
Ember Radd Britaniyani YeIdan chiqishi borasida o‘tkazilgan referendumda mamlakatni tashkilot tarkibida qolishini yoqlagan edi. Londonning sobiq meri, Buyuk
Britaniya TIV boshlig‘i bo‘lgan Boris Jonson esa bunga qarshi chiqqan edi.