Aktyor Leonardo Di Kaprio fondi atrof-muhitga doir dasturlar rivojiga va iqlimning o‘zgarishi bilan kurashishiga dunyodagi eng yirik - 15,6 million dollar xayriya grantini ajratadi. Bu haqida Justjared portali xabar berdi.
Bundan tashqari Di Kaprioning so‘zlariga ko‘ra, tashkilotga yangi bosh direktor tayinlandi. Ushbu lavozimga Terri Tamminen loyiq ko‘rilib, u operatsiyalar va iqlimning o‘zgarishi bilan bog‘liq yangi keng qamrovli tadbirlar rejasini amalga oshirishni nazorat qiladi.
Di Kaprioning atrof-muhit muhofazasiga yo‘naltirilgan tashkiloti ekologik dasturlar rivojiga 1998 yildan beri umumiy hisobda 59 million dollar ajratgan.