Bryusselning Sen-Jil tumanida 13 iyul kechki payt bir nechta portlash yuz berdi. Bu haqda mahalliy OAV ma'lum qildi. Portlashlar 2 ta yoki 3 ta bo‘lgani – hozircha noma'lum.
Ko‘cha chetida turgan bir nechta avtomobil alanga ichida qolgan. Alangani o‘chirishga o‘t o‘chiruvchilar jalb qilinganlar.
Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari voqea joyidan olingan foto va videolarni faol ravishda chop etmoqdalar. Ulardan ko‘rinishicha, hudud o‘rab olingan, u yerda tezkor xizmatlar ishlamoqda.
Qurbonlar va jabrlanganlar haqida hozircha hech qanday ma'lumot yo‘q.
Eslatib o‘tamiz, Bryusselda NATOning bosh qarorgohi joylashgani sababli terrorchilar bu shaharni avval ham o‘z nishoniga olgandi.