Avstriyada sud IShID yollovchisini 20 yillik qamoq jazosiga mahkum qildi

Jamiyat 11:42 / 14.07.2016 2524

Avstriya sudi IShIDning yollovchisi bo‘lgan shaxsga nisbatan 20 yilga ozodlikdan mahrum etish jazosini qo‘lladi.

Frans Press agentligi ma'lumotiga ko‘ra, kelib chiqishiga ko‘ra bosniyalik bo‘lgan 34 yoshli Ebu Teymu terroristik tashkilotga a'zoligi va teraktlar bilan tahdid qilishda ayblangan. U Suriyaga bir necha kishini jo‘natgan.

Terrorchi guruhlarga aloqadorligi isbotlangan yana bir kishi 10 yilga qamalgan.

IShID bugungi kunda dunyodagi tinchlikka xavf solib turgan eng yirik tashkilot sanalib, 3 yil ichida bu guruh Iroq va Suriyaning katta qismini bosib oldi. IShIDga qarshi yagona front yo‘q. Bu tashkilotga qarshi Suriya va Iroq hukumati harbiylari mustaqil ravishda kurashadi, AQSh boshchiligidagi xalqaro koalitsiya samolyotlari havodan zarbalar beradi, shuningdek, mintaqada istiqomat qiluvchi kurdlar hamda livanlik va iroqlik shia guruhlari alohida ravishda janglarda ishtirok etadi.

Ko‘proq yangiliklar: