Avstraliya janubida poyezd va yuk mashinasi to‘qnashishi oqibatida 19 kishi jabrlandi

Jahon 08:22 / 14.07.2016 8406

Avstraliya janubidagi Kolak shahri (Viktoriya shtati) yaqinidagi temir yo‘l o‘tish joyida 13 iyulda poyezd va yuk mashinasi to‘qnashishi oqibatida 19 kishi jarohat oldi. 14 iyulda ABC telekompaniyasi ma'lum qilishicha, yuk mashinasi haydovchisi va poyezdning 18 yo‘lovchisi yaqin oradagi shifoxonalarga yetkazilganlar.

Shifokorlar haydovchining ahvolini og‘ir deya baholamoqdalar, yo‘lovchilar hayotiga esa hech narsa xavf solmayapti. 

Politsiya avariyani tergov qilmoqda va hozircha uning sabablarini aytmagan. Melburn va Viktoriya shtatining g‘arbiy tumanlari o‘rtasidagi temir yo‘l qatnovi to‘xtatilgan.

Suratlar: Theage

Ko‘proq yangiliklar: