Suriya prezidenti Bashar Asad NBC telekanali bilan bo‘lgan intervyuda AQSh muammosi mamlakatning so‘nggi prezidentlarida tashqi siyosatni yurg‘izishda tajriba yetishmasligidan ekanligini aytib o‘tdi.
«Xo‘p, tajriba avvalgilardan kimda bor edi? Barak Obamadami? Yoki Jorj Bushda? Va yoki Bill Klintondami? Bu Qo‘shma Shtatlar uchun muammodir», — deb javob berdi Asad muxbirning Donald Trampning tashqi siyosiy tajribasi haqida berilgan savolga.
Suriya yetakchisining qo‘shimcha qilishicha, AQSh Kongressida bir necha yil faoliyat yuritish yoki tashqi siyosiy amal kishiga tajriba uchun yetarli emas.