AQSh Yevropadagi harbiy aslahalari hajmini oshirmoqchi

Jahon 10:36 / 14.07.2016 5735

AQSh quruqlikdagi qo‘shinlari global rejalashtirish boshqarmasi boshlig‘i Tos Taypning bayonotiga ko‘ra, Amerika Yevropada joylashtirgan jangovar uskunalari sonini kengaytirishi mumkin. Bu, NATO tarkibidagi Yevropa ittifoqchilariga yordam berish dasturi doirasida amalga oshiriladi, deb xabar qilmoqda RIA «Novosti».

«Ushbu dastur davom ettirilsa, Yevropaning mudofaa qobiliyatini mustahkamlash uchun qo‘shimcha talablarni ado etishimiz mumkin», — degan Tayp. 

Bundan tashqari, Taypning qo‘shimcha qilishicha, Vashington «sun'iy aloqa, muhandislik ta'minoti va qurolli kuchlarni joylarga yetkazishni tezlashtiradigan har qanday vositalardan ko‘proq bo‘lishini xohlar edi».

Avvalroq, Latviyaga Amerikaning 60 nafar harbiy xizmatchisi va 5ta Black Hawk vertolyotlari keltirilgani haqida xabar qilingan edi. 

Ko‘proq yangiliklar: