AQSh Afg‘onistonda IShID yetakchilaridan biri yo‘q qilinganini ma'lum qildi

Jahon 01:35 / 14.07.2016 6280

AQSh tomonidan Afg‘onistonda berilgan aviazarba natijasida IShID terrorchilik guruhi yetakchilaridan biri Umar Xalifa yo‘q qilindi, deb ma'lum qildi Pentagon rasmiy vakili Piter Kuk. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar bermoqda.

"Xalifa Pokistondagi ko‘plab terrorchilik operatsiyalari, jumladan 2016 yil yanvarda Bacha Xan universiteti, 2015 yil sentabrda harbiy-havo kuchlarining Badaber bazasi va 2014 yil dekabrda 130 dan ko‘proq bola halok bo‘lgan Peshovordagi maktabga hujumlarni boshqargan", deb aytdi Kuk.

Kukning aytishicha, Xalifadan tashqari yana 4 nafar jangari yo‘q qilingan.

Ko‘proq yangiliklar: