Jyeyms Kemeron Yangi Zelandiyani reklama qiladi

Light 17:29 / 13.07.2016 4875

«Avatar» va «Titanik» filmlari rejissyori Jyeyms Kemeron Yangi Zelandiya turizmini namoyish etuvchi kampaniyada ishtirok etadigan bo‘ldi. Kemeron va uning rafiqasi ishtirok etgan rolikni YouTube'dagi Pure New Zealand sahifasida ko‘rish mumkin.

Juftlik Janubiy orolning diqqatga sazovar joylarini to‘rt kun mobaynida tomosha qilishdi. Aniq qilib aytganda, ular Tasman muzliklarida va Pukaki ko‘lida bo‘lishdi.
Mashable’ning yozishicha, Yangi Zelandiya Kemeronning ikkinchi uyi bo‘lib qolgan. U bundan to‘rt yil muqaddam Vellington shimolidagi qirg‘oqlarda sotib olgan uyida istiqomat qiladi.

Rejissyor mahalliy kompaniyalar bilan hamkorlikda Yangi Zelandiyani reklama qilgan ilk kinematografchi bo‘ldi.

Ko‘proq yangiliklar: