O‘zbek estradasining serqirra ijodkorlari surxondaryolik muxlislarini xushnud etish niyatida Denov tumanida boshlangan konsert dasturini 11-12 iyul kunlari viloyatning Sariosiyo hamda Sho‘rchi tumanlarida davom ettirdilar. Vohalik muxlislarga xushkayfiyat ulashgan milliy va zamonaviy estrada yo‘nalishida ijod qilayotgan xonandalarining bu tashrifi konsertga kelgan 5000 nafar muxlisga unutilmas lahzalarni hadya etdi. Bu haqda Yoshlar madaniyat va san'at markazi matbuot xizmati xabar bermoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi Yoshlar madaniyat va san'at markazi davlat unitar korxonasi tomonidan tashkil etilgan “Go‘zal va betakrorimsan, muqaddas Vatanim, jonim senga fido, O‘zbekistonim!” degan ezgu g‘oyani o‘zida mujassam etgankonsert dasturi 13 iyul kuni Surxon sport majmuasida davom etib, 14-15 iyul sanalarida Muzrobot, Sherobod tumanlaridan so‘ng 16 iyul kuni Qizrobot tumani markaziy o‘yingohida o‘z yakuniga yetadi.