“Sumbula” - oilaviy maskanida bolalar maydonchasi ham ish boshladi

Light 18:04 / 13.07.2016 24120

“Sumbula” — milliy taomlar restorani joriy yilning 5-iyunida ish boshlagani va oradan bir hafta o‘tar o‘tmas, uning mehmonlari u haqida ijtimoiy tarmoqlarda iliq fikrlar bildira boshlagani xabar qilingandi.

Yaqinda “Sumbula” restoranida bolalar maydonchasi ham ish boshladi. Bu esa restoranning oilaviy maskan deb nomlanishiga yana bir qo‘shimcha bo‘ldi. Endilikda “Sumbula” yosh bolalar uchun yanada qiziqarli joyga aylandi.

Restoranning oilaviy maskan bo‘lishiga alohida urg‘u berilgan. Buning uchun ikki qavatli binoda 2 kishidan 18 kishigacha xizmat ko‘rsatiladigan o‘rinlar, alohida xonalar ajratilgan. 
“Sumbula”ning keng va shinam zali ustida musaffo osmon tasvirlangan. Atrofni yashil gullar o‘rab olgan. Bino salqinligi esa dillarga xush yoqadi. Uning dizayni uchun kayfiyatni ko‘taradigan yorqin ranglar tanlangan bo‘lib, xonalar, devor-u shift, stol-stul va mayda buyumlargacha milliylik ruhida bezatilgan.

Ushbu maskanda barcha milliy taomlarimiz maromiga yetkazib tayyorlanmoqda. Xushmuomala va ozoda xodimlar mijozlarga xizmat ko‘rsatmoqda. E'tiborli jihati shundaki, “Sumbula”da narhlar milliy taomlar kafelarinikidek bo‘lsa ham, restoran darajasida xizmat ko‘rsatiladi.

Restoran jami 200 o‘rinli bo‘lib, uning maxsus taomi “Sumbula assortisi” hisoblanadi. Borganingizda, albatta tatib ko‘ring.

“Sumbula” restoranining manzili: Toshkent shahri, Iftihor ko‘chasi, 15-uy;
Mo‘ljal: “Fleshka” (eski Malika) savdo majmuasi;
Telefon: +998(95) 146-99-39
“Sumbula” restorani har kun, 10:00 dan 23:00 gacha ishlamoqda
Ularning faoliyati va yangiliklaridan  Facebook`dagi sahifa orqali xabardor bo‘lib turishingiz mumkin.

Reklama huquqi asosida.

Ko‘proq yangiliklar: