4 iyul kuni Toshkent shahridagi “Alisher Navoiy” nomli kinoteatr zalida “Sochnaya dolina” TM savdo belgisi kompaniyasi tomonidan “Sochnaya dolina qutisi evaziga uy” promo-aksiyasining 2-bosqichi bo‘lib o‘tgandi. Bugun, 13 iyul kuni promo-aksiya g‘oliblariga o‘zlari yutib olgan sovg‘alar topshirilib, ishtirokchilar aksiyaning haqqoniy tarzda o‘tganiga yana bir bor ishonch hosil qilishdi. Biz esa g‘oliblarning aksiyadan olgan taassurotlari bilan o‘rtoqlashish maqsadida ular bilan telefon orqali bog‘landik.
Aktsiyaning 2-bosqichida g‘olib bo‘lgan, Toshkent shahrida istiqomat qiluvchi Saidazimov Rustam Abdigafirovich anchadan beri “Sochnaya dolina” xaridorlaridan biri hisoblanadi. Yutuqli aksiya boshlangani haqida xabar topgach esa Rustam Saidazimovda ushbu aksiyada omadini sinab ko‘rishga bo‘lgan qiziqish paydo bo‘ldi va u 2-bosqichda g‘olib bo‘ldi. Shunday qilib, Artel firmasining maxsus tarozisini qo‘lga kiritgan +998xx- 583-xx-51 abonenti 610074855565 promo-kod egasi o‘z taassurotlarini shunday ifodaladi:
- Tasodifan do‘konlarning birida “Sochnaya dolina” TM savdo belgisi stikerini ko‘rib qoldim va aksiya boshlangani haqida eshitdim. Shundan so‘ng, deyarli har kuni “Sochnaya dolina” sharbatini iste'mol qilib, stiker ostida yashiringan promo-kodlarni qisqa 1965 raqamiga yuboraverdim. Menga qo‘ng‘iroq qilib g‘olib bo‘lganim haqida aytishganida esa aksiyaning ishonarli tarzda o‘tayotganiga amin bo‘ldim. Qolaversa, hozir ham “Sochnaya dolina” sharbatini iste'mol qilishda davom etayapman va aksiyaning keyingi bosqichlarida ham omadim kelishiga ishonaman.
Promo-aksiyaning yana bir g‘oliblaridan biri, Andijon shahrida yashovchi Qimmatxon Saidaliyeva G‘oyibovna esa Artel kompaniyasining “Blender” yutug‘i sohibi bo‘ldi. Asl kasbi o‘qituvchi bo‘lgan +998xx-90-541-xx-05 abonenti va (77429351465) promo-kodi egasi Qimmatxon “aksiya g‘olibi bo‘lgani haqida oilasi davrasida eshitib xursand bo‘lgani, o‘zi yutib olgan “Blender” unga ajoyib esdalik sovg‘asi ekani” haqida aytib, promo-aksiyaning ishonchli tarzda o‘tayotganini alohida ta'kidlab o‘tdi:
- Televizorda reklamasini ko‘rib, uyoq-buyoqda aksiyada g‘olib bo‘lganlar haqida eshitsam ham avvaliga ishonmadim. Ammo qizim ushbu aksiyada ishtirok etishga qiziqqach, har kuni “Sochnaya dolina” sharbatini sotib oldik. Promo-kodlarni esa qisqa 1965 raqamlariga jo‘natdik. Omadimiz kelib, g‘olib bo‘ldik. Hozirda aksiya davom etmoqda. Sms bahosi ham arzon ekan.
+998xx-672-xx-07 abonenti, (869648668071) promo-kod egasi Tursunboy Raimov Mahmudjonovich ham aksiya g‘oliblaridan biri. Promo-kodlar orqali mikroto‘lqinli pech sohibiga aylangan Tursunboy Raimov “aksiyada ishtirok etishga do‘sti yordam bergani, boshqa hech kim ushbu aksiyada uning g‘olib bo‘lishiga ishonmagani, ammo baribir omadini sinab ko‘rish fikridan qaytmagani”ni ma'lum qilgan.
- Muhimi o‘yinning haqqoniy ekaniga ishonib o‘ynaganimdan, e'tiborim zoye ketmaganidan xursand bo‘ldim. Hozir yana promo-kodlarni jo‘natishda davom etayapman. Ajab emas, bu gal ham omadim kelib qolsa... Siz ham ishtirok eting va menga o‘xshab qimmatbaho sovrin egasi bo‘ling!
“Aktsiya tadbiri bo‘lib o‘tayotgan kuni boshlovchi menga qo‘ng‘iroq qilib, Oshxona kombaynini yutib olganim haqida aytdi va men bundan juda xursand bo‘ldim”, - deydi +998xx-924-xx-08 abonenti, (28653566130) promo-kodi egasi Xabibullo Nig‘matovov.
Namanganda istiqomat qiluvchi g‘olib ishtirokchi aksiya taassurotlari haqida shunday dedi:
- Avvaliga aksiyaning haqqoniy ekaniga ishonmasdan ikkilandim va bunga unchalik e'tibor bermadim. Ammo televideniye va ko‘chalarda reklamalarni ko‘rib menda ham aksiyada qatnashish ishtiyoqi paydo bo‘ldi. “Sochnaya dolina” kompaniyasi xodimlariga rahmat. Menga qo‘ng‘iroq qilib sovg‘ani men yashaydigan manzilga jo‘natib yuborishlarini aytishdi. Ishonmaganlarga ham, ishonganlarga ham aksiyada ishtirok etishni maslahat beraman. Qolaversa, turli mevalardan tayyorlangan, vitaminlarga boy “Sochnaya dolina” sharbati salomatligimiz uchun ham foydalidir.
+99890 995-xx-39 abonenti, (414723191835) promo-kod egasi Konstantin Valentinovich Zaxarov (menejyer).
- Men asli toshkentlikman. “Sochnaya dolina” kompaniyasining “Sochnaya dolina qutisi evaziga uy” promo-aksiya bo‘lib o‘tayotgani haqida birinchi bo‘lib ijtimoiy tarmoq orqali xabar topdim va sharbatni sotib olib, promo-kodlarni qisqa 1965 raqamlariga yo‘lladim. Nihoyat, omadim keldi va g‘olib bo‘ldim. Ham sog‘liq uchun foydali bo‘lgan sharbatni iste'mol qildim ham aksiyada velosiped sohibi bo‘ldim.
+998xx-951-xx-70 abonenti, (609168096322) promo kodi sohibi Farhod Islomovga esa ayni vaqtida qo‘ng‘iroq qilibmiz! Bu paytda “Sochnaya dolina” kompaniyasi tomonidan Farhod Islomovga o‘zi yutib olgan Artel Plansheti topshirilayotgan edi.
- Aktsiya haqqoniy tarzda o‘tmoqda. Mana, hozir o‘zim guvohi bo‘lib turibman. Meni kompaniya xodimlarining o‘zlari chaqirishdi"-deydi asli toshkentlik bo‘lgan hisobchi Farhod Islomov.
“Aktsiyada hali voyaga yetmagan o‘g‘lim qatnashdi. Men esa uni qo‘lab-quvvatlab turdim. Biz shu kabi o‘tkazilib kelinadigan aksiyalarga oilaviy ishqibozmiz. O‘g‘lim voyaga yetganidan so‘ng planshetni unga foydalanish uchun topshiraman. “Sochnaya dolina” kompaniyasiga esa o‘z minnatdorchiligimni bildirib qolaman. Boshqa ishtirokchilarga chin dildan omad tilayman!
Promo-aksiyaning eng qimmatbaho sovg‘asi Andijon shahrida istiqomat qiluvchi muxandis - Dilorom Xodjayeva Akromovnaga nasib etdi.
O‘zining aytishicha, Dilorom Xodjayeva aksiya tadbirlari boshlanmasdan avval ham “Sochnaya dolina” sharbatini muntazam iste'mol qilib kelgan va uning sog‘liq uchun foydali bo‘lgan jihatlari haqida yetarli ma'lumotga ham ega. Dilorom Xodjayevaning “Sochnaya dolina qutisi evaziga uy” promo-aksiyasida ishtirok etishiga hamkasbi sababchi bo‘lib, omadini sinab ko‘rishini maslahat bergan. Avvaliga “Sochnaya dolina” TM savdo belgisi ostida ishlab chiqarigan maxsus futbolka sohibasi bo‘lgan ishtirokchi 2- bosqichda uy egasiga aylandi.
- Aktsiyaning haqqoniy tarzda o‘tkazilib kelinayotganiga 1-bosqichda futbolka sohibasi bo‘lib, ishonchim komil edi. 2-bosqichda uy yutib olib, ikkinchi bor bunga ishondim. Menga qo‘ng‘iroq qilib, uy sohibi bo‘lganimni aytishganida o‘zimni qo‘yarga joy topa olmadim. Muhimi omadga ishonib, unga intilish kerak ekan”, deydi aksiyaning bosh sovrini sohibasi bo‘lgan Dilorom Xodjayeva.
Shuningdek, “Sochnaya dolina qutisi evaziga uy” promo-aksiyasining 2-bosqichida +998xx-438-xx-79 abonenti (promo-kod-479821777808) fotoapparat, +998xx-575-xx-53 abonenti (24653139218) Artel 32 rusumli televizor, +998xx-148-xx-24 abonenti (847887537528) Artel 42 rusumdagi televizor, +998xx-590-xx-02 (831704502681) Artel firmasi tarozisi, +998xx-772xx-01 abonenti (450859989777) multivarka hamda +998xx935xx-59 abonenti egasi (947586622672) O‘zbekiston hududida joylashgan “Charos” dam olish maskanida hordiq chiqarish uchun bepul yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.
Ayni damda aksiya davom etmoqda. Shoshiling! Siz ham qimmatbaho sovg‘aning egasiga aylaning!
Batafsil ma'lumotlar bilan +99871-200-19-65 raqamiga qo‘ng‘iroq qilgan holda yoki promo.intersok.uz sayti orqali tanishish mumkin.
Reklama huquqi asosida.