Raneri: Biz jamoada avvalo yaxshi odamlarni, keyin yaxshi futbolchilarni to‘playmiz

Sport 23:08 / 13.07.2016 4331

«Lester» jamoasi bosh murabbiyi Klaudio Raneri jamoaning yangi futbolchilari haqidagi fikrlarini bildirdi.

«Musa jamoa o‘yiniga yanada tezkorlik baxsh etishi mumkin. Musaning tezligi Jyeymi Vardiniki kabimi yo‘qmi, buni bilmayman. Lekin u tezkor futbolchi.

Bizning jamoamizda yana bir samolyot futbolchi bo‘lishi juda muhim. Eslang, biz axir – Qirollikning harbiy-havo kuchlarimiz. Shu tufayli biz yana bir chopqir futbolchi bilan shartnoma imzoladik.

Men Nampalis Mendini juda yaxshi bilaman, axir uni o‘zim hali u juda yoshligida «Monako»ning asosiy tarkibiga kiritgandim. O‘shanda u asosiy tarkibda o‘ynardi va jamoa uchun muhim futbolchiga aylangandi. O‘ylaymanki, u yangi mavsumda bizga ko‘p yordam beradi.

Mendining xarakteri zo‘r. U yoqimtoy, xuddi Kante kabi beozor. U hamisha jilmaygan ko‘yi jamoa uchun chin dildan ishlaydi. U mehnatkash, u juda yaxshi futbolchi.

Ron-Robert Tsiler Angliyada o‘ynagan, Germaniyada esa o‘tgan mavsumda juda yaxshi o‘ynadi. Bu futbolchi a'lo darajadagi reaksiyaga ena. Men bizga barcha turnirlarda yordam bera oladigan va maydonda kurash olib boruvchi shunday futbolchiga ega bo‘lganimizdan mamnunman.

Men Luis Ernandes Rodrigesga ham ishonch bildiraman. U juda yaxshi futbolchi, o‘ng qanotda ham, markaziy himoyada ham birdek harakatlana oladi. U to‘p bilan juda yaxshi muomila qila oladi.

Jamoamizda hozirda juda zo‘r muhit hukmron.

O‘ylaymanki, barchasi prezidentning tashabbuslari evaziga. U fantastik odam, uning atrofidagilar ham. Biz avvalo yaxshi odamlarni, keyin esa yaxshi futbolchilarni yig‘ishga harakat qilamiz», – degan Raneri.

Qayd etish kerakki, o‘tgan mavsumda lesterliklarni chempionlikka yetaklagan ushbu murabbiy jamoaga tayinlanganiga bugun 1 yil to‘ldi.

Manba: Tribuna.uz

Ko‘proq yangiliklar: