Prezident Islom Karimovning ikkita yangi kitobi nashrdan chiqdi

O‘zbekiston 19:44 / 13.07.2016 53776

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning “Ozodlik havosidan to‘yib nafas olgan xalq o‘z yo‘lidan hech qachon qaytmaydi” va “Hayot sinovlarida toblangan Qashqadaryo eli har qanday yuksak marrani egallashga qodir” nomli kitoblari “O‘zbekiston” nashriyot-matbaa ijodiy uyi tomonidan nashr etildi. Bu haqda “O‘zA” xabar bermoqda. 

Ushbu kitoblardan ana shu suhbatlar paytida prezident tomonidan bildirilgan fikr-mulohazalar o‘rin olgan bo‘lib, ularda nafaqat Surxon va Qashqa vohalari, balki butun mamlakatimizning bugungi va ertangi taraqqiyoti, O‘zbekistondagi tinchlik va osoyishtalikni, obod va farovon hayotni yanada mustahkamlash va qadriga yetish, olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlarni chuqurlashtirish, bunyodkorlik ishlarini yangi bosqichga ko‘tarish, yoshlarni sog‘lom va barkamol qilib tarbiyalash kabi o‘ta muhim va dolzarb masalalar bo‘yicha fikr yuritiladi.

Ushbu kitoblarda tarixan qisqa muddatda Termiz, Qarshi va Shahrisabz shaharlarining tanib bo‘lmaydigan darajada o‘zgarib, O‘zbekistonning eng yirik, jadal rivojlanib borayotgan iqtisodiy va madaniy markazlariga aylangani aniq misollar asosida tahlil etiladi.

Islom Karimov kitoblarida mustaqillik yillarida o‘zbek xalqi, mamlakat erishgan barcha yutuq va marralarda O‘zbekistonning hamma hududlari qatori Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlari mehnatkashlarining ham munosib hissasi borligi chuqur minnatdorlik bilan e'tirof etiladi. 

Hajman kichik, lekin mazmunan chuqur bu kitoblarni “Ozodlik havosidan to‘yib nafas olgan xalq o‘z yo‘lidan hech qachon qaytmaydi” degan hayotiy haqiqat bosh g‘oya sifatida birlashtirib turadi.

Ko‘proq yangiliklar: