Ob-havo noqulay kelgani sababli O‘zbekiston terma jamoasining navbatdagi o‘rtoqlik uchrashuvi bekor qilindi

Sport 20:55 / 13.07.2016 10573

O‘zbekiston terma jamoasining Chexiyaning "Yablonets" klubiga qarshi rejalashtirilgan o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazilmaydigan bo‘ldi.

Avstriyaning Tirol viloyatida yog‘ib o‘tgan kuchli yomg‘ir natijasida o‘yin o‘tkazilishi rejalashtirilgan maydon yaroqsiz holatga kelgan. 

"Yyenbax shaharchasi futbol maydoni bir qarich suv bilan to‘lgan, afsuski bunday sharoitda o‘ynashning iloji yo‘q"- dedi "Yablonets" bosh murabbiyi Zdenko Frtal.

Bundan oldinroq, O‘FF rasmiy sayti 2018 yil Rossiyada bo‘lib o‘tadigan Jahon chempionati saralashining uchinchi bosqichiga tayyorgarlik ko‘rayotgan O‘zbekiston milliy terma jamoasi Avstriyadagi yig‘in doirasida Chexiyaning "Yablonets" klubiga qarshi maydonga tushishi haqida ma'lumot tarqatgandi.

O‘zbekiston milliy terma jamoasining Avstriyadagi yig‘ini 6 iyul kuni boshlangan va u 21 iyulga qadar davom etadi.

Ko‘proq yangiliklar: