Ispaniya milliy politsiyasi Fuqarolik gvardiyasi bilan hamkorlikda o‘tkazgan maxsus amaliyoti natijasida mamlakatda faoliyat yuritib kelgan yirik jinoiy tarmoqni fosh etgan. Mursiya avtonom viloyati hokimiyat vakillarining xabarlariga ko‘ra, ular qalbaki pullar ishlab chiqarish bilan shug‘ullangan.
Maxsus amaliyot chog‘ida, 21 yoshdan 60 yoshgacha bo‘lgan 3 nafar ispaniyalik va 4 marokashlik ushlangan. Bundan tashqari, 5ta tintuv ishlari ham o‘tkazilgan. Qayd etilishicha, soxta pullar Ispaniya bozoridan tashqari Yevropaning boshqa mamlakatlarida ham muomalaga chiqarilgan.
Politsiya mahkamasi uyushgan jinoiy guruh rahbarini qo‘lga olishga muvaffaq bo‘lgan. U, 7-iyul kuni San- Pedro-del-Pinatar munitsipalitetida hibsga olingan. Uning uyida 1,5 mln yevrolik soxta qog‘oz pullar va qalbaki pul ishlab chiqarish uchun uskunalar borligi aniqlangan.
Endilikda, jinoyatchilar qilmishlari uchun sud oldida javob berishlari lozim. Ularning gumashtlarini qidirsh ishlari davom ettirilmoqda.