Islom Karimov Italiyadagi fojia munosabati bilan ta'ziya bildirdi

O‘zbekiston 16:46 / 13.07.2016 11580

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Italiya Respubikasi Prezidenti Serjo Mattarellaga 2016 yilning 12 iyul kuni Italiya janubidagi Apuliya viloyatida yuz bergan temir yo‘l halokati natijasida insonlar qurbon bo‘lganligi munosabati bilan chuqur ta'ziya izhor etdi.

Davlat rahbari o‘z maktubida qurbon bo‘lganlarning oila a'zolari va yaqinlariga hamda jarohatlaganlarga samimiy hamdardlik va qayg‘udoshlik so‘zlarini yetkazishni so‘radi.

12 iyul, seshanba kuni Italiya janubida ikki poyezdning to‘qnashib ketishi oqibatida 27 kishi halok bo‘ldi.

Halokat Bari provinsiyasida, Korato va Andriya shaharlari orasida sodir bo‘ldi. Hodisa oqibatida o‘nlab kishilar jarohat oldi.

Ko‘proq yangiliklar: